2025 © Repost.uz. Repost.uz saytidagi materiallardan har qanday hajmda foydalanishga, xabarning ko‘pi bilan ikkinchi xatboshisida saytga faol havola va sayt nomini “Repost.uz” yoki “Repost.uz” ko‘rinishida ko‘rsatish sharti bilan ruxsat beriladi. Tasischi: “DT MEDIA CO” MCHJ. Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Olimlar ko‘chasi, 43-uy.
Men nostandart vaziyatlardan chiqish yo‘lini topishni, shuningdek, ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmamga olishni va tezkor qaror qabul qilishni o‘rgandim. Mening eng katta loyiham — UzPost bo‘limlarida yangi yo‘nalish, topshirish punktlarini ishga tushirish, men birinchi punktlarni ochib ularning ish reglamentini yozganman, birinchi hududiy menejerlarni (HM) o‘qitdim. Hozirda Uzum Market butun mamlakat bo‘ylab 480 dan ortiq shunday topshirish punktlariga ega.
2
Mintaqaviy boshqaruvchi
1
Hududiy boshqaruvchi
Ish davri 25.10.2023 dan
Diyor
Hasanov
Men o‘zim uchun Uzum Market’ni tanladim, chunki 2022-yilda bu yangi qiziqarli loyiha edi. Hozir esa respublikaning eng chekka burchagidagi xaridor har qanday tovarni sotib olib, uni bir kun ichida olishi mumkinligi haqidagi birgina fikr bularning barchasi qanchalik global ekanligi haqida o‘ylashga majbur qiladi. Qiyinchiliklar faqat birinchi marta nimadir qilayotganda paydo bo‘lgan. Har qanday vaziyatdan to‘g‘ri chiqish yo‘li bor, asosiysi uni topish.
2
Saralash markazi rahbari
1
BKB yetakchi mutaxassisi (koordinator)
Ish davri 22.08.2022 dan
Ramin
Ahmedov
Men aynan shu kompaniyani tanladim, chunki Uzum Market — bu imkoniyatlar kompaniyasi! Bu yerda men o‘z vaqtimni boshqarishni va vazifalarni birinchi o‘ringa qo‘yishni, hamkasblarim bilan til topishishni, jamoada ishlashni o‘rgandim. Uzum Market’da ishlash menga natijalar uchun ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmamga olish imkonini beradi, men hatto eng qiyin vaziyatlarda ham xotirjamlikni saqlashni va samarali harakat qilishni o‘rganaman. Men o‘z ishida mukammallikka intilganlardan ilhomlanaman. Aynan o‘z bilimlarini faol baham ko‘radigan va boshqalarning o‘sishi va rivojlanishiga yordam beradigan insonlardir. BKBning smenasining bosh mutaxassisi Ochilova Ilvira haqida ishonch bilan ayta olaman, u men uchun yetakchilik etaloni va eng yaxshi motivator!
2
BKB smena boshlig‘i (Buyurtmalarni komplektlash bo‘limi)
1
BKB kichik mutaxassisi
Ish davri 16.12.2022 dan
Ruslan
Umerov
Kompaniyadagi muhit, hamkasblarning professionalligi va sotuvchilarning rivojlanishiga hissa qo‘shayotganimiz meni ruhlantiradi. Menga rahbarim Karine Agavelyan o‘rnak bo‘ldi. U menga muloqotni yo‘lga qo‘yishni, muzokaralar olib borishni, tadbirkorlarning ehtiyojlarini tushunishni o‘rgatdi. Bu har doim ham oson bo‘lmagan, ammo amaliyotlar o‘z natijasini ko’rsatdi.
2
Akademiyada sotuvchilarni jalb qilish bo‘yicha menejer
1
Uzum Market akademiyasi operatori
Ish davri 14.11.2023 dan
Diyor
To‘xtayev
Men Uzum Market’ni eng yaxshi kompaniya bolgani uchun tanladim, chunki bu o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, rivojlanish va umuman olganda, eng yaxshi ekotizim! Menga namuna bo‘lgan inson, boshqaruvchim Nikita Makarov bo’ldi. U ishga juda qiziqadi, men ham unga o‘xshashni xohlardim.
2
Qarshi shahridagi hududiy boshqarma mutaxassisi
1
Administrator
Ish davri 05.12.2022 dan
Timur
Turamanov
Men xaridor sifatida servis xizmatlaridan tez-tez foydalanganman va kompaniya ichida ish qanday tashkil etilgani bilan qiziqib qoldim. Uzum Market’dagi faoliyatim moderatorlikdan boshlangan, yaqinda esa smenaning katta moderatori bo’ldim. Albatta, bu yo‘lda meni hamkasblarim qo‘llab-quvvatlashdi. Eng qiyini — katta hajmdagi axborotni tez o‘zlashtirish, axir marketpleysda millionlab tovarlar bor. Ammo men astoydil ishladim — muvaffaqiyat kaliti ham shunda.
2
Smenaning katta moderatori
1
Moderator
Ish davri 26.06.2023 dan
Zlyayxan
Bashirova
Uzum Market’da men o‘z vaqtimni rejalashtirish va tashkil etishni o‘rgandim, bu ayniqsa jamoa bilan ishlashda muhimdir. Rejani bajarmagan oyim yo‘q edi — aynan barqaror va vijdonan ishlaganim uchun lavozimimni ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldim.
2
Namangandagi hududiy boshqaruvchi
1
Administrator
Ish davri 22.05.2022 dan
Timur
Xvostov
2024-yil davomida o‘zbekistonliklar Uzum Market’da 19 milliondan ortiq buyurtma berishdi, ularning har biri butun mamlakat bo‘ylab katta jamoaning mehnati bilan amalga oshirildi. Bugungi kunda milliy marketpleysda 5000 dan ortiq xodim ishlaydi va ko‘pchilik uchun Uzum Market karyera yo‘lining boshlanishi bo‘ldi. Namangan, Toshkent va Qarshilik xodimlar Uzum’da muvaffaqiyatli karyera qurish uchun nimalar zarurligi haqida so‘zlab berishdi.
Uzum Market — bu imkoniyatlar kompaniyasi!
Made on
Tilda